locale OZ

Agit Kabayel Aleksandr Usik bilan nega jang qila olmaganini tushuntirdi

Bokschi BoxingScene nashri va boshqa OAV vakillari bilan suhbatda o‘zining bu boradagi qarashlarini bayon qildi.
Boks
Agit Kabayel Aleksandr Usik bilan nega jang qila olmaganini tushuntirdi
Foto: Getty Images

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan germaniyalik Agit Kabayel ukrainalik Aleksandr Usik bilan amalga oshmagan jang haqida fikr bildirdi. Bokschi BoxingScene nashri va boshqa OAV vakillari bilan suhbatda o‘zining bu boradagi qarashlarini bayon qildi.

Kabayelning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi jahon chempioniga qarshi ringga chiqish va kamarni bevosita jang orqali qo‘lga kiritish uning eng katta orzularidan biri bo‘lgan. Biroq Usik majburiy himoya janglarini o‘tkazish o‘rniga ayrim chempionlik kamarlaridan voz kechishga qaror qilgan.

Germaniyalik bokschi Usik bilan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini, aksincha, uni superog‘ir vazn tarixidagi eng buyuk bokschilardan biri sifatida hurmat qilishini ta’kidladi. Shunga qaramay, Kabayelning fikricha, ukrainalik sportchi u bilan jang qilishga katta qiziqish bildirmagan. Bunga germaniyalik bokschining tijoriy jihatdan yetarlicha mashhur emasligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Kabayel Usikning birinchi og‘ir vazn toifasiga qaytish rejasini mantiqiy qaror deb hisoblashini bildirdi. Uning fikricha, ukrainalik bokschi uchun superog‘ir vaznda tabiiy vaznini oshirib jang qilish oson emas.

Ma’lumot uchun, professional faoliyatida 27 ta g‘alabaga erishgan Kabayel 28-noyabr kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida Nelson Hisaga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting