locale OZ

Hans-Diter Flik Umarali Rahmonaliyev to‘p surayotgan \"Sabah\"ga yuqori baho berdi

Murabbiy "Sabah"ni Ispaniya La Ligasida ishtirok etadigan jamoalar darajasida baholashini hamda ushbu raqibga qarshi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganini bildirdi.
Futbol
Hans-Diter Flik Umarali Rahmonaliyev to‘p surayotgan "Sabah"ga yuqori baho berdi
Foto: Getty Images

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Yevropa Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning "Sabah" jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan raqibning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Germaniyalik mutaxassis bu haqda Bokuda o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Manbaga ko‘ra, Flik Ozarbayjon klubining futbol o‘ynashga intilishi va o‘z uslubiga ega ekanini alohida e’tirof etdi. Murabbiy "Sabah"ni Ispaniya La Ligasida ishtirok etadigan jamoalar darajasida baholashini hamda ushbu raqibga qarshi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganini bildirdi.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassis Lamin Yamalning Bokuga olib kelinmagani va uning pozitsiyasida kim harakatlanishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi. Flik boshlang‘ich tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjonning "Sabah" klubi safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev faoliyat olib bormoqda. "Sabah" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv 25-noyabr kuni Bokuda bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting