locale OZ

Rasman: «Oviedo» Luis Karrionni isteʼfoga chiqardi

Ispaniya klubi bosh murabbiysiz qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Oviedo» Luis Karrionni isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Ispaniyaning «Oviedo» klubi muvaffaqiyatsiz natijalar seriyasidan so‘ng bosh murabbiy Luis Karrion bilan xayrlashdi.

Mutaxassis boshchiligida jamoa sakkiz uchrashuv davomida birorta ham g‘alabaga erisha olmadi. Rahbariyat uchun so‘nggi tomchi Sevilyadagi mag‘lubiyat bo‘ldi — «Oviedo» safarda 0:4 hisobida yutqazdi.

Endilikda klub oldida yangi bosh murabbiyini zudlik bilan topish vazifasi turibdi. Chunki allaqachon yaqin shanba kuni Vigo shahrining «Selta» klubiga qarshi muhim uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan.

Luis Karrion «Oviedo»ni 2025 yil oktabr oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. Shu davr mobaynida jamoa to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, to‘rt bor durang qayd etdi va besh marta mag‘lubiyatga uchradi. Murabbiy iste’fosi haqidagi rasmiy bayonot 2025 yil 14 dekabr kuni «Oviedo» klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting