PSJ muddatidan oldin Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi
Fransiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan markaziy bahsda peshqadam «PSJ» mehmonda «Lans»ga qarshi o‘ynadi.
Bellashuv 2:0 hisobida parijliklarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Dastlab 29-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochdi. 90+4-daqiqada Mbaye yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Luis Enrike jamoasi muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu jamoaning 14-chempionligi hisoblanadi.
Fransiya chempionati. 29-tur
Lans – PSJ 0:2
Gollar: Xvicha 29, Mbaye 90+4
Lans: Risser, Ganiu, Baydu (Antonio, 60), Sarr, Yudol, Tomasson, Sangare, Agilar, Eduard (Sen-Maksimen, 61), Said (Toven, 60), Sima.
PSJ: Safonov, Beraldo, Zabarniy, Ernandes (Ruiz, 61), Mayulu, Fernandes, Nevesh, Kvaratsxeliya (Ramush, 72), Dembele, Due, Barkolya (Vitinya, 46).