locale OZ

Liga 1. «PSJ» autsayder «Trau»ni minimal hisobda yengdi

Turning yana bir bellashuvida «Parij» «Oser»dan ustun kelib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Liga 1. «PSJ» autsayder «Trau»ni minimal hisobda yengdi
photo: gettyimages
Liga 1 Fransiya
07.11.2026, Yak.
Paris Saint-Germain
1
Troyes
0

Fransiya chempionatining 10-turida «PSJ» klubi «Trua»ni qabul qildi. Unda Luis Enrike jamoasi minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 39-daqiqada Ilya Zabarniy hisobiga yozildi. Ferran Torres yana maydonni golsiz tark etishiga to‘g‘ri keldi.

Shu tariqa, «PSJ» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. «Trua» esa 8 ochko bilan 16-o‘rinda.

Turning yana bir bellashuvida «Parij» (20 ochko) mehmonda «Oser»dan (10, 14-o‘rin) ustun kelib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Liga 1. 10-tur
PSJ — Trua 1:0
Gol:
Zabarniy 39
PSJ – Safonov, Zair-Emeri, Zabarniy, Pacho, Ernandes, Vitinya, Fabian Ruiz (Beraldo, 86), Mayulu (Fernandes, 86), Due, Ferran Torres, Godts (Nevesh, 70).
Trua – Konate, Lukas, Monfrey, Dias, Boura (Titi, 73), Mille, Diop (Nkada, 85), Mervan, Derman, Diavvara (Pikard, 62), Ripar.

Oser – Parij 0:1
Gol:
Sinayoko 63
Parij – Trapp, Koppola, Otavio, Amari, Matondo, Saymon (Koleosho, 66), Lopes, Melu, Ilan, Pajis (Sissoko, 90), Lassin Sinayoko (Mbou, 90)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting