Palmer Angliya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Koul milliy terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini shu yil mart oyida o‘tkazgan edi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Chelsi» yetakchilaridan biri Koul Palmer Angliya milliy terma jamoasiga qaytish imkoniyatiga ega.
Hujumkor yarimhimoyachi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmagan, shuningdek, kuzgi ilk yig‘inni ham o‘tkazib yuborgan edi.
Jurnalist Mett Lou ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi vakillari futbolchining jismoniy holati haqida ma’lumot olish uchun «Chelsi» tibbiy shtabiga murojaat qilgan. Bosh murabbiy Tomas Tuxel Palmerni Millatlar ligasining yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlariga taklif qilish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
12 noyabr kuni Angliya o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qiladi. Uch kundan keyin esa Ispaniya mehmoni bo‘ladi.
Koul Palmer milliy terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini shu yil mart oyida o‘tkazgan edi.