«Neftchi» - «Buxoro». O’zaro o’yinlar tarixidan
Uzoq tanaffusdan so‘ng bugun Superliga chempionatining 12-tur uchrashuvlariga start beriladi.Turnir peshqadami sevimli «Neftchi» jamoamiz o‘z maydonida kuchli uchlikdan joy olgan «Buxoro» klubini qabul qiladi. Ushbu bahs joriy mavsumning chempionlik va kuchli uchlik uchun kurashidagi eng markaziy o‘yinlardan biri hisoblanadi.
Statistik ma’lumot:
O‘zbekiston milliy chempionati doirasida "Neftchi" va "Buxoro" klublari shu kunga qadar 56 marta rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etgan.Ushbu qarama-qarshilikda "Neftchi" 36ta o‘yinda ustunlik qilgan, 5ta uchrashuv durang natijasi bilan yakun topgan va 15ta bahsda "Buxoro" g‘olib bo‘lgan. Kiritilgan va o‘tkazmb yuborilgan to‘plar nisbati 105-50 farg‘onaliklar foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
04.09.1999.
"Neftchi"-"Buxoro" 5:0
05.11.2015.
"Buxoro"-"Neftchi" 3:1
Farg‘onada qayd etilgan oxirgi besh uchrashuv natijalari:
20.06.2025.
"Neftchi"-"Buxoro" 1:0
27.09.2023.
"Neftchi"-"Buxoro" 3:0
12.04.2018.
"Neftchi"-"Buxoro" 0:1
07.09.2017.
"Neftchi"-"Buxoro" 1:2
29.10.2016.
"Neftchi"-"Buxoro" 0:1
Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" markaziy o‘yingohida o‘tkaziladigan "Neftchi"-"Buxoro" uchrashuvini Axrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 20:00da boshlanadi.