Farg'onadagi Angliya - Argentina bahsini eslatib yuborgan o'yinda «Neftchi» irodali g'alabaga erishdi
"Neftchi" Superliga 12-turida Farg‘onada "Buxoro"ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Ushbu qarama-qarshilik Jahon chempionati yarimfinalidan o'rin olgan Angliya-Argentina bahsini eslatib yubordi.
Xurshid Muxtorov 8-daqiqada penaltidan mehmonlarni oldinga olib chiqqan edi. Bu golga farg‘onaliklar zaxiradan maydonga tushgan Stipe Peritsa (82) va Jamshid Iskanderovning (86) gollari bilan javob qaytardi.
"Neftchi" 31 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. "Buxoro" 20 ochko bilan 4-o‘rinda.
O‘zbekiston Superligasi. 12-tur
16.07.2026 | 20:00 «Istiqlol» stadioni, Farg‘ona
«NЕFTCHI» — «BUXORO» — 2:1
Bosh hakam: Ahror Risqullayev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jayev
VAR: Asker Najafaliyev
AVAR: Xusan Hudoyberdiyev
Gollar: Xurshid Muxtorov 8-pen (0:1), Stipe Peritsa 82 (1:1), Jamshid Iskanderov 86 (2:1).
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Izzatillo Po‘latov (Farruh Sayfiyev, 46), Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov, Vladimir Yovovich (Xurshid G‘iyosov, 67), Muhsin Ubaydullayev (Jamshid Iskanderov, 46), Alisher Odilov (Ratino, 46), Yovan Jokich, Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 74).
Zaxira: Akbar To‘rayev, Asilbek Jumayev, Nurbek Sarsenbayev, Rustambek Fomin.
«Buxoro»: Umidjon Hamroyev, Ravshan Xayrullayev, Xurshidbek Muxtorov, Timur Mamasidiqov (Sherzod Esanov, 78), Javohir Ro‘ziyev (Asilbek Qayyumov, 90), Asadbek Jo‘raboyev (Shahzod Ubaydullayev, 66), Muhammad Yo‘ldoshev, Boyan Mladovich, Kirill Todorov, Vladimir Rodich (Islom Baratov, 66), Shahboz Jo‘rabekov (Nodir Ahmadjonov, 90).
Zaxira: Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Anvarjon Jo‘rayev, Nika Kacharava.
Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullayev (6), Yovan Jokich (49), Farruh Sayfiyev (84), Xurshid Muxtorov (90+2), Jamshid Iskanderov (90+2).