locale OZ

Aleksandr Xomyakov: «Hammasi yaxshi ketayotgandi»

Superliga 12-turidan o'rin olgan «Neftchi» – «Buxoro» (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.
Aleksandr Xomyakov: «Hammasi yaxshi ketayotgandi»
photo: Buxoro fk
O‘zbekiston Superligasi
16.07.2026, Yak.
Neftchi Fargona
2
Buxoro
1

Superliga 12-turidan o'rin olgan «Neftchi» – «Buxoro» (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

«Avvalo barchani mavsumning ikkinchi yarmi start olgani bilan tabriklayman. O'ylaymanki, hammamiz o'zimizning futbolni sog'inib qolgandik. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, amaldagi chempionga qarshi kurash olib bordik va jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qildik.

Hammasi yaxshi ketayotgandi, biroq bahs oxirlarida gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradik. E'tiborni himoyaga qaratdik va bu tushunarli edi. Lekin futbolda 90 daqiqa himoyalanish oson emas. Bugun biz shundan aziyat chekdik. Aytib o'tganimdek, chempionga qarshi bahs olib bordik, omadimiz kelmadi. Yana nimayam deyman, "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting