locale OZ

Musiala «Bavariya» mashg‘ulotlari vaqtida yana hushini yo‘qotdi — manba

Bu — germaniyalik 23 yoshli futbolchi uchun 2026 yil avgustidan buyon uchinchi shunday holat hisoblanadi.
Futbol
Musiala «Bavariya» mashg‘ulotlari vaqtida yana hushini yo‘qotdi — manba
photo: gettyimages

«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamol Musiala yana hushini yo‘qotdi. Bild nashri xabar berishicha, hodisa myunxenliklar mashg‘uloti vaqtida sodir bo‘lgan.

Bu germaniyalik 23 yoshli futbolchi uchun 2026 yil avgustidan buyon uchinchi shunday holat hisoblanadi. Avvalgi ikki holatda Musiala rasmiy uchrashuvlar vaqtida hushini yo‘qotgan. Har ikki safar tibbiyot xodimlari futbolchiga yordam ko‘rsatishgan va shundan so‘ng u zaxiraga olingan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchida to‘liq davolash imkoni bo‘lmagan nevrologik kasallik aniqlangan.

Avvalroq «Bavariya» rahbariyati Musiala avvalgi sport formasiga qayta olishi borasida xavotirda ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, klub futbolchini transferga qo‘yishi mumkinligi ham aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jamol 2021 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U myunxenliklar safida olti marta Germaniya chempioni bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting