Messi «Nyuells Old Boys»ga qaytishi mumkin
Messi 2023-yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
«Inter Mayami»ning 39 yoshli argentinalik hujumchisi Lionel Messi faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Flavio Azzaro xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, argentinalik yulduz bir vaqtlar futboldagi ilk qadamlarini qo‘ygan «Nyuells Old Boys» klubiga qaytishi ehtimoli bor. Hatto afsonaviy futbolchi 2027-yil yanvar oyidayoq Argentina klubiga qo‘shilishi mumkinligi istisno etilmayapti.
Messi 2023-yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 29 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning oxirigacha mo‘ljallangan.