locale OZ

«Manchester Yunayted» «Fulhem» himoyachisini sotib olmoqchi

Himoyachining «Fulhem» bilan shartnomasi 2027-yil iyun oyiga qadar amal qiladi.
Futbol
«Manchester Yunayted» «Fulhem» himoyachisini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

«Fulhem» markaziy himoyachisi Kelvin Beyssi faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Telegraph Football xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» qishki transfer oynasida nigeriyalik himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yanvar oyida tarkibni kuchaytirish niyatida.

«Manchester Yunayted» murabbiylari 26 yoshli futbolchining yuqori tezligi, jismoniy kuchliligi va bir nechta pozitsiyada, jumladan, markaziy himoya hamda chap qanotda o‘ynay olish qobiliyatini yuqori baholamoqda.

Beyssi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha golli harakatlar bilan ajralib turmadi. Himoyachining «Fulhem» bilan shartnomasi 2027-yil iyun oyiga qadar amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting