Manba: Rud van Nistelroy mavsum oxirida “Lester”ni tark etadi
“Tulkilar” keyingi mavsum Chempionship'da ishtirok etadi
FOTO: Getty Images
“Lester Siti” bosh murabbiyi Rud van Nistelroy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda jurnalist Rob Dorset xabar bermoqda.
“Rud van Nistelroy mavsumning so'nggi o'yinidan so'ng “Lester”ni tark etishi kutilmoqda. Ammo “tulkilar” hali uning o'rniga kim kelishini hal qilmagan”, - deb yozadi Dorset.
Eslatib o'tamiz, “Lester” mavsum so'nggida Angliya Premyer-ligasini tark etadi. Jamoa mavsum tugashiga bir tur qolganida APL turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist