locale OZ

Laporta: «Bu yil «Barselona» yili bo‘lishi kerak»

Joan jamoaning maqsadlariga to‘xtaldi.
Futbol
Laporta: «Bu yil «Barselona» yili bo‘lishi kerak»
Фото: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta 2026/2027-yilgi mavsumda jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadlar borasida optimistik fikr bildirdi.

«Bu yil “Barselona” yili bo‘lishi kerak. Bosh murabbiy, uning shtabi va tibbiyot xodimlari buni juda yaxshi tushunib turibdi. Eng muhimi, jamoaning o‘zi, futbolchilar ham buni anglab yetmoqda.

Biz har yili tarkibimizni kuchaytirib boryapmiz. Bu mavsum safiga qo‘shilgan futbolchilar jamoamizni yanada raqobatbardosh qildi. Tarkibimizda ikki-uch xil pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchilar bor. Bu esa jamoa ichida sog‘lom raqobatni yuzaga keltiradi.

Murabbiyning vazifasi — barchaga, jumladan, o‘zining ham yagona jamoa ekanimizni anglatish. Bu mavsum oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bor e’tiborimizni jamlaganmiz», — deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting