«Barselona» va «Real» yarashuv bitimiga erisha olishmadi
«Barselona» va «Real» yarashuv bitimiga erisha olmadi.
May oyi o‘rtalarida «Real» prezidenti Florentino Peres Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi haqida gapirar ekan, hakamlarning xatti-harakatlari tufayli jamoadan yettita chempionlik unvoni tortib olinganini ta’kidlagan edi. Kataloniyaliklar esa Peresning ushbu bayonotlari yuzasidan sudga murojaat qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Iyun oyida «Barselona» Madrid klubi rahbari o‘z so‘zlaridan qaytishi uchun majburiy yarashuv arizasini topshirgan edi. Bugun, 25 noyabr kuni ushbu masala bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Biroq klublar yuristlari yarashuvga erisha olmadi, deb xabar bermoqda Cadena SER nashri.
«Barselona» huquqiy yo‘nalishdagi harakatlarini davom ettiradi.
Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta Peresning so‘zlari uchun «Real»dan tovon puli talab qilishini aytgandi.