Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun bahsda yana durang qayd etdi
Tomonlarning ilk uchrashuvida ham durang qayd etilgandi.
Boshqa sport turlari
Фото: Getty Images
Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun kechayotgan bahsning ikkinchi partiyasida ham durang qayd etdi.
Shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun amaldagi chempion Gukesh Dommaraju hamda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov o‘rtasidagi qarama-qarshilikning 2-partiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda qora donalarda harakat qilgan hamyurtimiz kuchli raqibiga munosib qarshilik ko‘rsatib, o‘yinni durang (1/2 — 1/2) bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, tomonlarning ilk uchrashuvida ham durang qayd etilgandi.