locale OZ

Shaxmat toji uchun jang: Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi ikkinchi partiya ham durang bilan yakunlandi

Ikkinchi kungi bahsda Javohir qora donada harakat qildi.
Boshqa sport turlari
Shaxmat toji uchun jang: Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi ikkinchi partiya ham durang bilan yakunlandi
photo: gettyimages

O‘zbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahsni davom etdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlandi va 20:57 ga qadar davom etdi. O‘yinda Sindorov va Dommaraju yana durangga imzo chekdi.

Ular 1-partiyada ham durangga rozi bo‘lishgan. 25 noyabr kungi bellashuvda Javohir qora donalarda harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Gukesh 2024 yil dekabr oyida Singapurda qo‘lga kiritgan jahon chempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda.

Ikki shaxmatchi o‘rtasida kurash davom etadi. Ertaga, 26 noyabr kuni ular 3-partiya o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting