OCHL-2. «Nasaf» o‘z maydonida «Al-Xolidia»ni mag‘lub etdi
«Nasaf» 7 ochko bilan guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Фото: Насаф ПФК
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan Qarshining «Nasaf» va Bahraynning «Al-Xolidia» klublari o‘rtasidagi bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Ushbu turnir nufuzi jihatidan Elit Osiyo Chempionlar Ligasidan keyingi o‘rinda turadi.
25 noyabrda Qarshida o‘tkazilgan A guruhi o‘yinida Abbos G‘ulomovning goli mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Nasaf» 7 ochko bilan guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Al-Xolidia» 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.
OCHL-2. A guruhi, 5-tur
NASAF (O‘zbekiston) - AL-XOLIDIA (Bahrayn) - 1:0
Gol: Abbos G‘ulomov (51)