locale OZ

FIFA Qit’alararo kubogi finali Qatarda bo‘lib o‘tadi

Unga ko‘ra, turnirning yakuniy bahslari 9, 12 va 16-dekabr kunlariga belgilangan.
Futbol
FIFA Qit’alararo kubogi finali Qatarda bo‘lib o‘tadi
Foto: Getty Images

FIFA 2026-yilgi Qit’alararo kubok musobaqasining hal qiluvchi uchta uchrashuvi Qatarda o‘tkazilishini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, turnirning yakuniy bahslari 9, 12 va 16-dekabr kunlariga belgilangan. Musobaqaning final uchrashuvi 16-dekabr kuni Al-Rayyon shahridagi “Ahmad bin Ali” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 9-dekabr kuni “Jassim bin Hamad” stadionida FIFA Derby of the Americas uchrashuvi tashkil etiladi. Oradan uch kun o‘tib, 12-dekabr kuni ayni stadionda FIFA Challenger Cup bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa Qit’alararo kubok finaliga yo‘llanma oladi.

Hal qiluvchi uchrashuvda Yevropaning amaldagi chempioni va musobaqaning so‘nggi g‘olibi — Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi ishtirok etadi. Parijliklar finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan bo‘lib, ularning raqibi 12-dekabr kungi FIFA Challenger Cup bahsidan keyin aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, Qatar FIFA Qit’alararo kubogining hal qiluvchi uchrashuvlariga ketma-ket uchinchi yil mezbonlik qilmoqda. Musobaqada FIFAga a’zo oltita qit’a konfederatsiyasining chempionlari qatnashadi. 2024-yilda bosh sovrinni “Real Madrid” qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2025-yilda “Pari Sen-Jermen” chempion bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting