locale OZ

“Bavariya” Luis Diasdan ayrildi

29 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar ligasida Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat olgan.
Futbol
“Bavariya” Luis Diasdan ayrildi
Foto: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi kolumbiyalik hujumchi Luis Dias jarohat sabab ma’lum muddat maydonga tusha olmasligini rasman tasdiqladi. 29 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar ligasida Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat olgan. Bu haqda “Bavariya” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar natijasida Diasning chap soni orqa qismidagi mushak tolalarida kichik yirtilish aniqlangan. Kolumbiyalik futbolchi mazkur jarohat tufayli bir muddat mashg‘ulotlar va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi. Klub uning maydonga qaytish muddatini hozircha ma’lum qilmagan.

Dias “Arsenal”ga qarshi bahsning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan, biroq o‘yin oxirlarida jarohat sabab almashtirilgan. Myunxenda o‘tkazilgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Futbolchining safdan chiqishi “Bavariya”ning hujumdagi imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” Germaniya Bundesligasida peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar navbatdagi uchrashuvini 25-oktyabr kuni “Frayburg”ga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan. Luis Diasning ushbu bahsda ishtirok etmasligi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting