locale OZ

“Bavariya”ning sobiq futbolchisi “Oltin to‘p” mukofotini “masxarabozlar tanlovi” deb atadi

54 yoshli mutaxassis futbol jamoaviy sport turi ekani sababli bunday individual sovrinlarni umuman bekor qilish kerakligini ta’kidladi.
Futbol
“Bavariya”ning sobiq futbolchisi “Oltin to‘p” mukofotini “masxarabozlar tanlovi” deb atadi
Foto: Getty Images

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Markus Babbel “Oltin to‘p” mukofotini keskin tanqid qildi. 54 yoshli mutaxassis futbol jamoaviy sport turi ekani sababli bunday individual sovrinlarni umuman bekor qilish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Germaniyaning ran nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Babbel “Oltin to‘p” uchun o‘tkaziladigan ovoz berishni “dunyodagi eng katta masxarabozlar tanlovi” deb atagan. Sobiq futbolchi ayrim futbolchilar yoki butun boshli klublarning vakillari sovrinni qo‘lga kirita olmaganida xafa bo‘lishini kulgili holat deb hisoblashini aytgan.

Shunga qaramay, Babbel mukofot sportdagi haqiqiy natijalarga qarab beriladigan bo‘lsa, “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn bunga eng munosib nomzodlardan biri ekanini ta’kidlagan. Uning fikricha, angliyalik futbolchi Yevropaning kuchli chempionatlarida boshqalarga qaraganda yorqinroq o‘yin namoyish etgan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. France Football jurnali va UEFA hamkorligida tashkil etiladigan tadbirda yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi. O‘tgan yili ushbu mukofotni “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting