locale OZ

Osiyo futbol konfederatsiyasi Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

Bayonot Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan AFC favqulodda kongressida yangradi.
Futbol
Osiyo futbol konfederatsiyasi Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Osiyo futbol konfederatsiyasi — AFC prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa FIFA rahbari Janni Infantinoning navbatdagi prezidentlik saylovidagi nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bayonot Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan AFC favqulodda kongressida yangradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Shayx Salmon kongressda ishtirok etgan Infantinoga murojaat qilib, Osiyo futboli uning rahbarligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. AFC rahbari Infantinoning so‘nggi yillarda qit’a mamlakatlariga tashriflari va Osiyo futbolini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini alohida tilga olgan.

Ushbu bayonot ikki tashkilot o‘rtasida avval yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan keyin e’lon qilindi. Xususan, AFC joriy yilning avgust oyida UEFA va CONCACAF bilan birgalikda FIFAning yirik musobaqalarga xususiy investorlarni jalb qilish rejasini tanqid qilgan edi. Shunga qaramay, Osiyo konfederatsiyasi prezidentlik saylovida Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Janni Infantino 2016-yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. U 2027-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda yana prezidentlik uchun kurashishi kutilmoqda. Saylov natijasida uning vakolat muddati 2031-yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting