Ispaniya chempionatida mehmon muxlislar uchun chipta narxlari cheklanmoqda
Ispaniya La Ligasining yana uchta klubi mehmon jamoa muxlislari uchun chipta narxini 30 yevrodan oshirmaslik bo‘yicha kelishuvga qo‘shildi. Shu tariqa, mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotgan klublar soni 17 taga yetdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kelishuv 2023/24-yilgi mavsumdan buyon amal qilib kelmoqda. Uning asosiy maqsadi safar uchrashuvlariga boradigan muxlislar uchun futbolni moliyaviy jihatdan qulayroq qilishdan iborat. Shartnoma doirasida har bir ishtirokchi klub mehmon muxlislar uchun kamida 300 ta chipta ajratishi kerak.
La Liga ma’lumotlariga ko‘ra, narx cheklovi joriy etilganidan buyon mehmon muxlislarga sotiladigan chiptalar soni har bir o‘yinda o‘rtacha 33 foizga oshgan. Ayni paytda Ispaniya chempionatining 20 ta klubidan 17 tasi ushbu kelishuvda qatnashmoqda. Yangi qo‘shilgan uchta klubning nomi esa hozircha oshkor etilmagan.
Ma’lumot uchun, Angliya Premyer-ligasida ham mehmon muxlislar chiptasi uchun 30 funt sterlinglik yuqori narx chegarasi mavjud. UEFA qoidalariga ko‘ra esa Chempionlar ligasida mehmon muxlislar uchun chiptalar narxi 50 yevrodan oshmasligi lozim. Bunday cheklovlar safar o‘yinlariga boradigan ishqib