locale OZ

FIFA ayollar Jahon chempionati ishtirokchilariga ajratiladigan mablag‘ni oshirdi

Unga ko‘ra, mundialda qatnashadigan har bir milliy futbol assotsiatsiyasiga 2,5 million AQSH dollari ajratiladi.
Futbol
FIFA ayollar Jahon chempionati ishtirokchilariga ajratiladigan mablag‘ni oshirdi
Foto: Getty Images

FIFA 2027-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun ajratiladigan mablag‘ni sezilarli darajada oshirishga qaror qildi. Unga ko‘ra, mundialda qatnashadigan har bir milliy futbol assotsiatsiyasiga 2,5 million AQSH dollari ajratiladi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi moliyaviy taqsimot modeli FIFA Kengashi byurosi tomonidan tasdiqlangan. Qaror natijasida 32 ta ishtirokchi assotsiatsiyaga ajratiladigan umumiy tayyorgarlik mablag‘i 80 million dollarga yetadi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilgi ayollar Jahon chempionatiga nisbatan ikki baravardan ko‘proq oshgan. Mablag‘lar 2026-yil dekabridan oldin assotsiatsiyalar ixtiyoriga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2027-yilgi mundialda ishtirok etadigan futbolchi ayollar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlari 2026-yilgi erkaklar Jahon chempionati darajasiga tenglashtiriladi. FIFA musobaqadan tushadigan qo‘shimcha daromadning bir qismini milliy assotsiatsiyalar va futbolchilarga yo‘naltirishni ham ko‘zda tutmoqda. Mukofot pullari hamda klublarga beriladigan kompensatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar dekabr oyidagi yig‘ilishda muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2027-yilgi ayollar Jahon chempionatiga Braziliya mezbonlik qiladi. Musobaqa tarixda ilk bor Janubiy Amerikada tashkil etiladi va unda 32 ta terma jamoa ishtirok etadi. FIFA tomonidan tasdiqlangan yangi moliyaviy tizim ayollar futbolini rivojlantirish hamda milliy terma jamoalar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting