locale OZ

“El-Klasiko” oldidan “Barselona”da ish tashlash e’lon qilindi

Klubning ayrim xodimlari mehnat sharoitlaridan norozilik bildirib, 23–25-oktyabr kunlari ish tashlashga qaror qildi.
Futbol
“El-Klasiko” oldidan “Barselona”da ish tashlash e’lon qilindi
Foto: Getty Images

“Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” oldidan Kataloniya klubida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. Klubning ayrim xodimlari mehnat sharoitlaridan norozilik bildirib, 23–25-oktyabr kunlari ish tashlashga qaror qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, norozilik aksiyasida “Barselona”ning mavsumiy faoliyat yurituvchi 60 nafarga yaqin xodimi ishtirok etishi mumkin. Ular mehnat shartnomalari va jamoaviy kelishuv talablariga rioya qilinmayotgani, shuningdek, ishchilar soni qisqartirilayotganidan norozi. Xodimlar tarkibni 90 nafargacha kengaytirishni talab qilmoqda.

Ushbu ishchilar stadionga kirishni tashkil etish, chiptalar bilan ishlash, tozalik va ovqatlanish xizmatlari kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. Shu sababli ish tashlashning “El-Klasiko”ga ta’sir qilishi mumkinligi haqida xavotirlar yuzaga kelgan. Biroq “Barselona” rahbariyati uchrashuvning o‘tkazilishiga hech qanday xavf yo‘qligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi uchrashuv 25-oktyabr kuni “Spotify Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Klub xodimlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va ish tashlash amalga oshirilgan taqdirda ham o‘yin reja bo‘yicha tashkil etilishini ta’kidlamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting