locale OZ

Harri Keyn “Oltin to‘p” g‘olibi e’lon qilinishini intiqlik bilan kutayotganini aytdi

Angliyalik futbolchi natijalarni kutish nafaqat o‘zi, balki oilasi uchun ham hayajonli va stressli kechayotganini tan oldi.
Futbol
Harri Keyn “Oltin to‘p” g‘olibi e’lon qilinishini intiqlik bilan kutayotganini aytdi
Foto: Getty Images

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofoti g‘olibi e’lon qilinishidan oldin o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. Angliyalik futbolchi natijalarni kutish nafaqat o‘zi, balki oilasi uchun ham hayajonli va stressli kechayotganini tan oldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Keyn mukofotni qo‘lga kiritish-kiritmasligini marosimdan oldin bilishni istashini bildirgan. Uning aytishicha, sovrin atrofidagi tinimsiz savollar va taxminlar oila a’zolariga ham ta’sir qilmoqda. Shunga qaramay, futbolchi tashkilotchilarning natijalarni marosimgacha sir saqlash qarorini tushunishini ta’kidlagan.

33 yoshli hujumchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Keyn o‘tgan mavsumda “Bavariya” safida 61 ta, Angliya terma jamoasida esa 12 ta gol urgan. Joriy mavsumda ham u yuqori natijadorlik namoyish etib, Chempionlar ligasida “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda o‘z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi 26-oktyabr kuni Londondagi “Palladium” teatrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mukofot uchun Keyndan tashqari “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe ham asosiy da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting