Desham «Manchester Yunayted» taklifini rad etdi
Hozirda asosiy nomzod sifatida «Nyukasl»ning sobiq ustozi Eddi Xau ko‘rilmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
Fransiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Didye Desham «Manchester Yunayted»ni boshqarish taklifini qabul qilmadi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliyaning mashhur klubi Maykl Karrik o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlash maqsadida Desham bilan bog‘langan. Biroq fransuz mutaxassisi ushbu lavozimga qiziqish bildirmagan va taklifni rad etgan.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» rahbariyatining qisqa ro‘yxatida Unai Emeri va Yulian Nagelsmann nomlari ham bor. Biroq hozirda asosiy nomzod sifatida «Nyukasl»ning sobiq ustozi Eddi Xau ko‘rilmoqda.
«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 9-turidan keyin bor-yo‘g‘i 7 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.