Delap bitta shart evaziga \"MYU\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Ipsvich” hujumchisi Liam Delap “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi finalida gʻalaba qozonsa, Manchesterga koʻchib oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, "MYU" Yevropa Ligasida gʻolib chiqib, Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritsa, futbolchi "qizil iblislar" safiga qoʻshilish uchun tayyor. Unga “Chelsi” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Liam joriy mavsum "Ipsvich" safida barcha musobaqalarda 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. 22 yoshli futbolchining narxi 35 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist