«Chelsi» Levi Kolvill bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Himoyachining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Фото: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi himoyachi Levi Kolvill bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqchi. Bu masala klub rahbariyati uchun ustuvor vazifaga aylangan. Bunga «Liverpul»ning 23 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishi ham sabab bo‘lmoqda.
Kolvill joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozircha uning hisobida gol yoki golli uzatma mavjud emas.
Himoyachining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.