«Chelsi» Kovachichni ortga qaytarmoqchi
Futbolchini ehtimoliy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.
Futbol
Фото: Getty Images
«Chelsi» «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Mateo Kovachichni qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Insayder Vlad Polivoda ma’lumotiga ko‘ra, London klubi xorvatiyalik futbolchini ehtimoliy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» futbolchilarning jamoani tark etishi va jarohatlar sabab markaziy yarimhimoyada muammolar yuzaga kelishidan xavotirda. Shu bois klub rahbariyati tarkibni kuchaytirishning turli variantlarini o‘rganmoqda.
32 yoshli Kovachich avval ham «Chelsi» safida to‘p tepgan. Hozirda «Manchester Siti» sharafini himoya qilayotgan yarimhimoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda oltita bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.