locale OZ

Pol Pogba o'z kasbini o'zgartirdi

Mashhur futbolchi Amerika futboli bo‘yicha NFL uchrashuvida professional kamera bilan suratga olayotgani aks etgan video orqali muxlislar e’tiborini tortdi.
Futbol
Pol Pogba o'z kasbini o'zgartirdi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Pol Pogba noodatiy rolda ko‘rinish berdi. Mashhur futbolchi Amerika futboli bo‘yicha NFL uchrashuvida professional kamera bilan suratga olayotgani aks etgan video orqali muxlislar e’tiborini tortdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqea 25-oktabr kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tgan “Pittsburg Stilers” va “Nyu-Orlean Seynts” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuz bergan. Pogba maxsus media nimchasini kiyib, professional fotograflar qatorida maydon chetida faoliyat olib borgan.

Fransiyalik futbolchi katta obyektivli fotoapparat yordamida uchrashuv oldidagi jarayonlarni suratga olgan. Uning kamera bilan ishlayotgani aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar orasida qiziqish uyg‘otgan. Biroq Pogba futbolchilik faoliyatini yakunlagani yo‘q. U ushbu tadbirda o‘zini vaqtincha fotograf sifatida sinab ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Pogba 2018-yilda Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. Parijda o‘tkazilgan uchrashuv esa NFL tarixida Fransiya hududida tashkil etilgan ilk muntazam mavsum bahsi sifatida qayd etildi. Unda “Pittsburg Stilers” “Nyu-Orlean Seynts”ni 16:10 hisobida mag‘lub etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting