Boks. O‘zbekistonlik yosh bokschilar jahon chempionatini 8 ta medal bilan yakunladi
69 ta mamlakatdan 474 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston vakillari jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Boks
Фото: Olympic.uz
Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati yakunlandi. 69 ta mamlakatdan 474 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston vakillari jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtlarimiz hisobida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bor. Yigitlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.
Oltin medallar:
75 kg: Suxrob Raxmatullayev
90 kg: Asadbek Sultonboyev
51 kg: Nazokat Mardonova
+90 kg: Islom Salixov
Kumush medallar:
85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev
70 kg: Maftuna Yangiyeva
Bronza medallar:
70 kg: Zulfiqor Adhamjonov
48 kg: Muxtasar Aliyeva