locale OZ

O‘zbekistonlik yosh bokschilar jahon chempionatida sakkizta medal qo‘lga kiritdi

Hamyurtlarimiz musobaqani to‘rtta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal bilan yakunladi.
Boks
O‘zbekistonlik yosh bokschilar jahon chempionatida sakkizta medal qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

Chernogoriyaning Budva shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz musobaqani to‘rtta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal bilan yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, erkaklar terma jamoasi uchta oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qizlar terma jamoasi esa bittadan oltin, kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Suhrob Rahmatullayev, Asadbek Sultonboyev va Islom Solihov erkaklar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi. Qizlar bahsida Nazokat Mardonova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sardorbek Bahromxo‘jayev va Maftuna Yangiyeva kumush, Zulfikor Adhamjonov hamda Muxtasar Aliyeva bronza medaliga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, Budvadagi jahon chempionatida 69 mamlakatdan 474 nafar bokschi ishtirok etdi. O‘zbekiston vakillari sakkizta medal bilan musobaqani yakunlab, xalqaro maydonda navbatdagi muvaffaqiyatli natijani qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting