«Barselona» Alvarez ishi bo‘yicha jarimaga apellyatsiya beradi — Marca
Mojaro kataloniyaliklarning Xulian Alvarez bilan muzokaralar olib borgani bilan bog‘liq.
Futbol
Фото: Getty Images
«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvarez bilan olib borilgan muzokaralar bo‘yicha tayinlangan 602 yevro miqdoridagi jarima yuzasidan apellyatsiya bermoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar uchun masala jarima miqdorida emas, balki klubning prinsipial pozitsiyasida. «Barselona» rahbariyati o‘z harakatlarida hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilmaganini ta’kidlab, qarorga rozi emas.
Nashr xabarida aytilishicha, klub ushbu jarimani «kulgili darajada arzimas» deb hisoblaydi. Shunga qaramay, «Barselona» ma’naviy va prinsipial sabablarga ko‘ra uni to‘lashni istamayapti. Kataloniyaliklar o‘z harakatlari qonun-qoidalarga mos bo‘lganini ta’kidlab, qaror ustidan shikoyat qilishga qaror qilgan.