«Bavariya» «Barselona» himoyachisi uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi
Myunxenning «Bavariya» klubi «Barselona» himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya grandi yozgi transfer oynasida 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Biroq kataloniyaliklar himoyachini jamoada olib qolmoqchi. Shu sababli klub futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida. Martinning hozirgi kelishuvida tovon puli 100 million yevro etib belgilangan.
Shuningdek, bir qator Angliya Premyer-ligasi klublari ham vaziyatni kuzatib bormoqda. Ular orasida «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenhem» bor. Italiyaning «Milan» klubi ham Jerar Martin haqida ma’lumot so‘ragan.
24 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.