locale OZ

“Arsenal” yanvarda Aleks Baenani sotib olmoqchi

Londonliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Futbol
“Arsenal” yanvarda Aleks Baenani sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi qishki transfer oynasida “Atletiko Madrid”ning ispaniyalik futbolchisi Aleks Baenani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Londonliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda FootballTransfers nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” rahbariyati Baenani yanvar oyidagi transferlar uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida belgilagan. London klubi 2024-yilda ham futbolchini kuzatgan, biroq o‘sha paytda transfer amalga oshmagan. Endilikda Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa uning nomzodiga yana qaytgan.

Baena joriy mavsumda “Atletiko” safida yorqin o‘yin namoyish etmoqda. Ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda beshta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U qanot hujumchisi, hujumkor yarim himoyachi va zarurat tug‘ilganda hujum markazida ham harakatlana oladi. Bu esa futbolchining “Arsenal” uchun jozibadorligini oshirmoqda.

Ma’lumot uchun, FootballTransfers portali Baenaning taxminiy transfer qiymatini 42,6 million yevroga baholamoqda. Biroq “Atletiko Madrid” uning jamoa uchun muhim futbolchi ekanini inobatga olib, ayniqsa qishki transfer oynasida bundan ancha yuqori mablag‘ talab qilishi mumkin. Hozircha klublar o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting