locale OZ

“Manchester Yunayted” Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishga yaqin

Jamoaning ketma-ket sakkizta uchrashuvda g‘alaba qozona olmagani klub rahbariyatini murabbiylar shtabida o‘zgarish qilish masalasini ko‘rib chiqishga undamoqda.
Futbol
“Manchester Yunayted” Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishga yaqin
Foto: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiy Maykl Kerrikni lavozimidan ozod etishi mumkin. Jamoaning ketma-ket sakkizta uchrashuvda g‘alaba qozona olmagani klub rahbariyatini murabbiylar shtabida o‘zgarish qilish masalasini ko‘rib chiqishga undamoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Bornmut”ga qarshi uchrashuvdan avval ham yangi bosh murabbiy nomzodlarini o‘rganishni boshlagan. Jamoaning Angliya Premyer-ligasi doirasida o‘z maydonida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishi esa ushbu jarayonni yanada tezlashtirgan.

“Qizil iblislar” so‘nggi sakkizta uchrashuvning beshtasida mag‘lub bo‘lib, uch bor durang qayd etdi. Ayniqsa, “Bornmut” bilan bahsda sardor Brunu Fernandeshning zaxirada qoldirilgani ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Klub atrofidagi manbalar Kerrikning iste’foga chiqarilishi mumkinligini ta’kidlamoqda, biroq hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Maykl Kerrik 2026-yil yanvarida Ruben Amorim o‘rniga “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlangan. Uning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror klub rahbariyati tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting