locale OZ

“Bavariya” Vensan Kompani bilan futbol haqida gaplashishni taqiqladi

Belgiyalik mutaxassisning sog‘lig‘i klub uchun ustuvor masalaga aylangan.
Futbol
“Bavariya” Vensan Kompani bilan futbol haqida gaplashishni taqiqladi
Foto: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati shifoxonada davolanayotgan bosh murabbiy Vensan Kompanini ish bilan bog‘liq masalalardan vaqtincha chetlashtirishga qaror qildi. Belgiyalik mutaxassisning sog‘lig‘i klub uchun ustuvor masalaga aylangan. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Kompani bilan futbolga oid masalalarni muhokama qilmaslikni tavsiya etgan. Bundan asosiy maqsad murabbiyni ortiqcha ruhiy bosimdan himoya qilish va uning tiklanishi uchun zarur sharoit yaratishdir. Shu sababli jamoaning kundalik mashg‘ulotlari va uchrashuvlarga tayyorgarligi murabbiylar shtabi zimmasiga yuklatilgan.

Kompani 23-oktabr kuni “Bavariya” zaxira jamoasining mashg‘ulotini kuzatayotgan paytda hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib ketilgan. Klub belgiyalik mutaxassis tibbiy tekshiruvlardan o‘tayotganini tasdiqlagan. Uning vazifasiga qachon qaytishi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” sport direktori Maks Eberl murabbiyning sog‘lig‘i har qanday sport natijasidan muhimroq ekanini ta’kidlagan. Klub Kompani to‘liq tiklanmaguncha unga ishga qaytish uchun bosim o‘tkazmasligini bildirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting