Islom Makhachevning murabbiyi UFC 336 dagi jang nima sababdan amalga oshmaganini tushuntirdi
UFC chempioni Islom Makhachevning murabbiyi Xavyer Mendes shogirdining Karlos Pratesga qarshi ehtimoliy jangi nima sababdan amalga oshmaganiga munosabat bildirdi. Mutaxassis uchrashuvni tashkil etish jarayonida muammolar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Mendes UFC rahbariyati mazkur jangni belgilangan sanaga tashkil eta olmagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Murabbiyning aytishicha, Makhachev har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyor, biroq tayyorgarlik uchun yetarli muddat berilishiga katta ahamiyat qaratadi.
Mendes jangning bekor bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini aniq bilmasligini ham tan olgan. Mutaxassis shogirdi bilan ushbu masalani shaxsan muhokama qilmaganini, shu sababli ehtimoliy jarohat yoki boshqa omillar haqida qat’iy xulosa chiqarish mumkin emasligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, UFC 336 turniri 2027-yilning 30-yanvar kuni Kanadaning Toronto shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Makhachevning mazkur turnirdagi ishtiroki hozircha tasdiqlanmagan.