Nurullo Aliyevning UFCdagi ilk mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lgani tahlil qilindi
Tojikistonlik jangchi Nurullo Aliyev Abu-Dabida o‘tkazilgan UFC 333 turnirida amerikalik Grant Dousonga hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘ldi. Mazkur natija uning professional MMA faoliyatidagi dastlabki mag‘lubiyati sifatida qayd etildi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Aliyev uchrashuvni faol boshlagan va dastlabki raundda raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan. Biroq jang davomida raqibining bosh orqa qismiga zarbalar yo‘llagani sabab hakam tojikistonlik sportchidan bir ochko olib tashlagan. Ushbu holat yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Keyingi raundlarda Douson kurashdagi ustunligidan foydalanib, jangni ko‘proq parterda olib borishga harakat qilgan. Shu bilan birga, Aliyev oyog‘idan shikast olgani sabab harakatlanishda qiyinchilikka duch kelgan. Uch raund yakunida barcha hakamlar 29:27 hisobida amerikalik sportchining g‘alabasini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Nurullo Aliyev ushbu jangga qadar professional MMA faoliyatida ketma-ket 12 ta g‘alabaga erishgan edi. Grant Dousonga qarshi mag‘lubiyat uning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.