locale OZ

“Real Madrid TV” hakamlarni “Barselona”ga yon bosishda aybladi

elekanal so‘nggi yillarda “Real Madrid” hamda “Barselona” ishtirokidagi uchrashuvlarda qabul qilingan qarorlar o‘rtasida sezilarli tafovut borligini ta’kidlagan.
Futbol
“Real Madrid TV” hakamlarni “Barselona”ga yon bosishda aybladi
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi rasmiy telekanali “Barselona”ga qarshi “El-Klasiko” oldidan Ispaniya chempionatidagi hakamlik tizimini keskin tanqid qildi. Klub telekanali ayrim hakamlik qarorlari kataloniyaliklar foydasiga ishlayotganini da’vo qilgan.

“Real Madrid TV” uchrashuv bosh hakami Xuan Martines Munuera va VAR hakami Xavyer Iglesias Vilyanuevaning avvalgi faoliyatini tahlil qilgan. Telekanal so‘nggi yillarda “Real Madrid” hamda “Barselona” ishtirokidagi uchrashuvlarda qabul qilingan qarorlar o‘rtasida sezilarli tafovut borligini ta’kidlagan.

Madrid klubi telekanalining fikricha, ispaniyalik hakamlar “Real Madrid” raqiblariga nisbatan yumshoqroq, “Barselona” raqiblariga esa qattiqroq munosabatda bo‘lmoqda. Biroq mazkur da’volar klub telekanalining talqini bo‘lib, hakamlarning ataylab biror jamoaga ustunlik bergani mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” 25-oktabr kuni “Spotify Camp Nou” stadionida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Kilian Mbappe dubl qayd etib, madridliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi. Hakamlik masalasi esa uchrashuv oldidan va undan keyin ham muhokama qilinmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting