locale OZ

Xans-Diter Flik “El-Klasiko”dagi mag‘lubiyat sabablarini tushuntirdi

Mutaxassis so‘nggi haftalarda tig‘iz taqvim va safar uchrashuvlari futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir qilganini tan olgan.
Futbol
Xans-Diter Flik “El-Klasiko”dagi mag‘lubiyat sabablarini tushuntirdi
Foto: Getty Images

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Real Madrid”ga qarshi “El-Klasiko”da uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasining o‘yiniga baho berdi. Nemis mutaxassisi futbolchilarga jismoniy tetiklik va kuch yetishmaganini ta’kidladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Flik jamoasining birinchi bo‘limdagi harakatlaridan qoniqmagan. Murabbiy tanaffusdan keyin “Barselona” o‘yinini yaxshilab, hisobni tenglashtirganini, biroq uchrashuv yakunida qarshi hujumni to‘xtata olmagani sabab mag‘lubiyatga uchraganini aytgan.

Mutaxassis so‘nggi haftalarda tig‘iz taqvim va safar uchrashuvlari futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir qilganini tan olgan. Shunga qaramay, u mag‘lubiyat uchun bahona izlamasligini, jamoa xatolarini tahlil qilib, navbatdagi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” bir hafta davomida Chempionlar ligasida PSJga 2:4, Ispaniya chempionatida esa “Real Madrid”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Kataloniyaliklar shunga qaramay 27 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting