locale OZ

Ronaldu birgina izohi bilan yosh futbolchilarning orzusini amalga oshirdi

“Oriental Lissabon” klubi tarbiyalanuvchilari portugaliyalik hujumchidan javob olish maqsadida maxsus chaqiriq tashkil qilgan edi.
Futbol
Ronaldu birgina izohi bilan yosh futbolchilarning orzusini amalga oshirdi
Foto: Getty Images

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqda qoldirgan birgina izohi orqali yosh futbolchilarning noodatiy orzusini amalga oshirishga yordam berdi. “Oriental Lissabon” klubi tarbiyalanuvchilari portugaliyalik hujumchidan javob olish maqsadida maxsus chaqiriq tashkil qilgan edi.

Yosh futbolchilar murabbiy ko‘rsatmalarisiz erkin mashg‘ulot o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun ijtimoiy tarmoqdagi postiga 3000 ta layk, 200 ta izoh va Krishtianu Ronalduning shaxsiy javobini olishlari kerak bo‘lgan. Dastlabki ikki shart qisqa vaqt ichida bajarilgan, biroq uchinchi shartni amalga oshirish ancha qiyin tuyulgan.

Kutilmaganda Ronaldu yosh futbolchilarning murojaatiga javob qaytarib, ularga erkin mashg‘ulotdan zavqlanishlarini tilagan. Portugaliyalik yulduzning izohidan keyin mazkur post ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Xabarga ko‘ra, post 466 mingta layk, 11 mingta izoh va 70 mingdan ortiq ulashishga erishgan.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu ayni paytda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubida faoliyatini davom ettirmoqda. Portugaliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda ham eng katta auditoriyaga ega sportchilardan biri hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting