locale OZ

A Seriya. «Atalanta» «Inter»ga qarshi 8 ta gol urilgan «otishma»da kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Bergamoliaklar dramatik bahsda 90+1-daqiqada gol urib, durangga erishdi. «Neradzurri» safida Espozito het-trikka erishdi.
Futbol
A Seriya. «Atalanta» «Inter»ga qarshi 8 ta gol urilgan «otishma»da kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
22.11.2026, Yak.
Atalanta
4
Inter
4

Italiya chempionatining 12-turida «Inter» Bergamoda «Atalanta» bilan bellashdi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda 4:4 hisobi qayd etildi. Mehmonlar safida Espozito het-trikka erishdi. Bergamoliklardan De Ketelare dubl qayd etdi.

Bu natijadan so‘ng «Atalanta» ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 12-o‘rinda bormoqda. Kivu jamoasi esa 29 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 12-tur
Atalanta — Inter 4:4
Gollar:
Elmas 35, De Ketelare 72, 80, Kessie 90+1 penalti – Espozito 16, 32, 52, Suchich 75 penalti.
Atalanta — Karnesekki, Bellanova (Bernaskoni, 88), Skvalvini, Kolashinas, Zappakosta, Zalevski, Elmas (Rou, 69), Kessie, Ederson (Pashalich, 69), De Ketelare, Krstovich (Skamakka, 88).
Inter — Xosep Martines, Pavar, Bastoni, Karlos Augusto, Mxitaryan (Stankovich, 78), Spens, Barella (Jons, 64), Chalxono‘g‘li (Suchich, 33), Dimarko (Akanji, 64), Espozito (Lautaro Martines, 78), Tyuram.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting