«Barselona» Nunu Mendesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Ispaniyaning «Barselona» klubi «PSJ» va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nunu Mendesga qiziqish bildirmoqda.
El Nacional nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yaqin vaqt ichida futbolchi bilan muzokaralarni boshlab, uni jamoasini o‘zgartirishga, hatto transferni amalga oshirish uchun klub rahbariyatiga bosim o‘tkazishga ko‘ndirishni rejalashtirgan.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» Mendes parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashidan oldin unga taklif bildirmoqchi bo‘lgan. Bu esa «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikeni vaziyatga aralashishga va klub prezidenti Nasser Al-Xelayfidan tezkor harakat qilishni so‘rashga undagan.
Ma’lum qilinishicha, «PSJ» portugaliyalik futbolchiga uning «Barselona»ga o‘tish haqidagi har qanday o‘yidan qaytarish maqsadida juda katta maosh taklif qilmoqchi.
Yangi shartnoma imzolangan taqdirda, 24 yoshli qanot himoyachisi Parij klubida yiliga 20 million yevro maosh oladi.