locale OZ

“Chelsi”ning yangi hujumchisi talonchilikka uchradi

23 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘zi bilan sodir bo‘lgan noxush hodisa haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan.
Futbol
“Chelsi”ning yangi hujumchisi talonchilikka uchradi
Foto: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Emmanuel Emegha talonchilik qurboni bo‘ldi. 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘zi bilan sodir bo‘lgan noxush hodisa haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan. Bu haqda talkSPORT nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hodisa 21-noyabr kuni “Chelsi”ning “Lids”ga qarshi uchrashuvidan so‘ng sodir bo‘lgan. Dastlabki xabarlarda hujumchining mobil telefoni o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq Emegha voqea tafsilotlarini, jumladan, talonchilik aynan qayerda va qanday sharoitda yuz berganini oshkor qilmagan. Futbolchi hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmaganini ta’kidlagan.

“Afsuski, o‘yindan keyin talonchilik qurboni bo‘ldim. Hozir ahvolim yaxshi. Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi. Qo‘llab-quvvatlab, xabar yuborgan barchaga rahmat”, deb yozgan hujumchi Instagram sahifasida.

Ma’lumot uchun, Emmanuel Emegha 2026-yil yozida Fransiyaning “Strasbur” klubidan “Chelsi” safiga qo‘shilgan. Niderlandiyalik hujumchi mavsum boshida sonining orqa qismidan olgan jarohati sabab bir muddat maydondan chetda qolgan. U “Lids”ga qarshi bahsda London klubi safidagi ilk golini kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting