locale OZ

Aspilikueta Eden Azarning “Chelsi”dagi mashg‘ulotlari haqida kutilmagan fikr bildirdi

Ispaniyalik sobiq himoyachi Azarning mashg‘ulotlarga munosabati va jamoadagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi.
Futbol
Aspilikueta Eden Azarning “Chelsi”dagi mashg‘ulotlari haqida kutilmagan fikr bildirdi
Foto: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi sobiq sardori Sesar Aspilikueta belgiyalik hujumchi Eden Azar bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi. Ispaniyalik sobiq himoyachi Azarning mashg‘ulotlarga munosabati va jamoadagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Aspilikueta Azarni o‘zi birga to‘p surgan eng iste’dodli futbolchilardan biri sifatida baholagan. Biroq belgiyalik hujumchi mashg‘ulotlarda har doim ham bor imkoniyatini ishga solmagan. Ispaniyalik sobiq futbolchining ta’kidlashicha, Azar boshqa o‘yinchilardan farqli ravishda mashg‘ulotlarga ancha erkin yondashgan.

“U mashg‘ulotlarda o‘zini 100 foizga sarflamasdi, ammo seni bor kuching bilan o‘ynashga majbur qilardi. Ba’zan uni to‘xtatish uchun oyog‘iga tepishimga to‘g‘ri kelardi”, degan Aspilikueta hazil aralash. Uning qo‘shimcha qilishicha, Azar maydonda to‘pni qabul qilganda raqib himoyachilarini qiyin ahvolga solib qo‘yish qobiliyatiga ega bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Sesar Aspilikueta 2012–2023-yillar davomida “Chelsi” sharafini himoya qilgan. Eden Azar esa 2012–2019-yillarda London klubida to‘p surib, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan. Ular birgalikda Angliya chempionligi va Yevropa musobaqalaridagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting