locale OZ

Kvaratsxeliyaning 16 yoshli ukasi Yevropa grandlari e’tiboriga tushdi

Gruziyalik futbolchiga Angliyaning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Kvaratsxeliyaning 16 yoshli ukasi Yevropa grandlari e’tiboriga tushdi
Foto: Getty Images

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning ukasi Tornike Kvaratsxeliya faoliyatini Yevropaning yetakchi chempionatlaridan birida davom ettirishi mumkin. 16 yoshli gruziyalik futbolchiga Angliyaning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda FootballTransfers nashri TEAMtalk ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” Tor入nikening rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Yosh qanot hujumchisi hozirda Tbilisining “Dinamo” klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning o‘yini Yevropaning kamida 14 ta klubi e’tiborini tortgani aytilmoqda. Londonliklar ehtimoliy transfer borasida raqobatchilaridan oldinroq harakat qilish niyatida.

Biroq futbolchining yoshi Angliyaga o‘tish jarayonida asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib turibdi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, Tornike 18 yoshga to‘lmaguncha ingliz klubiga transfer qilinishi mumkin emas. Shu sabab uning Premyer-ligaga o‘tishi 2028-yil fevral oyidan keyin amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tornike Kvaratsxeliya joriy yil may oyida “Dinamo Tbilisi”ning asosiy jamoasida debyut qilgan. Yosh futbolchi hozirga qadar kattalar jamoasida 600 daqiqadan ortiq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan. U ham akasi Xvicha singari asosan qanot hujumchisi sifatida harakat qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting