A Seriya. Malenning pokeri «Roma»ga yirik hisobda g‘alaba keltirdi
Gasperini jamoasi 2-o‘ringa ko‘tarilib, hamshaharini ta’qib etmoqda.
Futbol
photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
21.11.2026, Yak.
Parma
1
Roma
5
Italiya chempionatining 12-turida «Roma» safarda «Parma»ga 5 ta gol urdi. Rimliklar to‘purari Malen pokerga erishdi.
Gasperini jamoasi ochkolarini 30 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam «Latsio»ni (32) ta’qib etmoqda. «Parma» 8 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 12-tur
Parma — Roma 1:5
21 noyabr, «Ennio Tardini»
Gollar: Elpege (54) — Malen (39, 68, 77, 90), Mora (71).
Roma — Svilar, Manchini, Balerdi (Ndika, 56), Ermoso, Lulli (Uesli, 56), Kristante, Kone, Molina (Kuliyerakis, 83), Dibala (Soule, 62), Mora (Pisilli, 83), Malen.