locale OZ

Sabrina Chakomanova finalda

Dakarda davom etayotgan yoshlar Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan, Sabrina Chakomanova yarim final bosqichida ham raqibasiga imkon qoldirmadi.
Boks
Sabrina Chakomanova finalda
photo: gettyimages

Sabrina Chakomanova finalda.

Dakarda davom etayotgan yoshlar Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan, Sabrina Chakomanova yarim final bosqichida ham raqibasiga imkon qoldirmadi. Qozog‘istonlik Maral Tolapbergenga qarshi ringga ko‘tarilgan Sabrina 5:0 hisobida zafar quchdi va finalga yo‘l oldi.

Rushanabonu Isoyeva ham finalga yo‘l oldi. Yoshlar Olimpiadasida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rushanabonu Isoyeva ham yarim final jangini o‘tkazdi.

U misrlik Mentalla Ibrohimga qarshi ringga ko‘tarildi. Quvonarlisi, Isoyeva raqibasidan bir bosh ustun ekanligini namoyish etgan holda, 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi va finalga yo‘l oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting